"Bunyodkor"ning sobiq futbolchisi "Liverpul" darvozasini ishg‘ol qildi (video)

"Bunyodkor"ning sobiq futbolchisi "Liverpul" darvozasini ishg‘ol qildi (video)
\"Barselona\" va \"Liverpul\" afsonalari xayriya uchrashuvida maydonga tushdi. Mazkur o‘yinda mersisaydliklar 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

\"Liverpul\" tarkibidagi yagona gol Stiven Jerrard tomonidan kiritilgan bo‘lsa, \"Barsa\"dan Jovanni va Rivaldo o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Bellashuvdagi uch gol ham penaltidan urildi.

Bu o‘yinda Luis Garsiya, Yeji Dudek, Dirk Kyuyt, Edmilson, Edgar Davids, Xaver Saviola va boshqa taniqli yulduzlar harakat qildi.

\"Enfild\"dagi bahsdan tushgan barcha mablag‘ xayriya ishlariga yo‘naltiriladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.