Belarus chempionati. Bobir Abdixoliqov - 2-turning eng yaxshi futbolchisi!

Belarus chempionati. Bobir Abdixoliqov - 2-turning eng yaxshi futbolchisi!
\"Energetik-BGU\" klubi hujumchisi, o‘zbekistonlik Bobir Abdixoliqov Belarus futbol federatsiyasi talqiniga ko‘ra 2-turining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Eslatib o‘tamiz, Abdixoliqov mazkur turda \"Torpedo-BelAZ\" bilan bahsda dublga erishdi va 1ta golli pas berdi.

Bobir Abdixoliqovning \"Torpedo-BelAZ\"ga qarshi o‘yindagi statistikasi quyidagicha bo‘ldi:
2 ta gol;
6 ta zarba;
4 ta aniq zarba;
1 ta golli uzatma;
12 ta aniq pas;
9 ta yakkakurashda g‘olib chiqdi;
6 marta raqibdan to‘pni olib qo‘ydi.

Ma’lumot uchun, Bobir Abdixoliqov 1-turda \"Vitebsk\"ka qarshi bahsda ham 2ta gol urgandi. 2ta o‘yindan keyin Abdixoliqov hisobida 4ta gol va 1ta golli uzatma bor.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.