G‘ofur Rahimov O‘zbekiston professional boks federatsiyasida ish boshladi

Bugun O‘zbekiston professional boks federatsiyasining navbatdan tashqari konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, yig‘ilishda federatsiya Ijroiya qo‘mitasining yangi tarkibi tasdiqlandi. Unda hozirda Xalqaro kurash assotsiatsiyasi (IKA) bosh kotibi sifatida faoliyat yuritib kelayotgan Umid Yakubov O‘zbekiston professional boks federatsiyasi prezidenti etib saylandi.
Tajribali mutaxassis, tadbirkor G‘ofur Rahimov birinchi vitse-prezident lavozimini egalladi. Shuningdek, Ziyovuddin Xojiniyozov federatsiya vitse-prezidenti bo‘ldi. Ular vazifalariga jamoatchilik asosida saylanishdi.
Ma’lumot uchun, bungacha O‘zbekiston professional boks federatsiyasi raisi sifatida Isroil Yunusov, birinchi vitse-prezident sifatida esa Abdulloh Sagdiyev faoliyat yuritib kelayotgan edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Manbaga ko‘ra, yig‘ilishda federatsiya Ijroiya qo‘mitasining yangi tarkibi tasdiqlandi. Unda hozirda Xalqaro kurash assotsiatsiyasi (IKA) bosh kotibi sifatida faoliyat yuritib kelayotgan Umid Yakubov O‘zbekiston professional boks federatsiyasi prezidenti etib saylandi.
Tajribali mutaxassis, tadbirkor G‘ofur Rahimov birinchi vitse-prezident lavozimini egalladi. Shuningdek, Ziyovuddin Xojiniyozov federatsiya vitse-prezidenti bo‘ldi. Ular vazifalariga jamoatchilik asosida saylanishdi.
Ma’lumot uchun, bungacha O‘zbekiston professional boks federatsiyasi raisi sifatida Isroil Yunusov, birinchi vitse-prezident sifatida esa Abdulloh Sagdiyev faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













