Murod Rizayev: Buyog‘iga "Paxtakor" ham, "Nasaf" ham yutqazmasligi kerak

Murod Rizayev: Buyog‘iga "Paxtakor" ham, "Nasaf" ham yutqazmasligi kerak
Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichida birinchi davra yakunlandi. Klublarimiz uchun 18 apreldan 4-tur bahslari start oladi. Dastlab \"Paxtakor\" shu kuni o‘yin o‘tkazsa, 20 aprelda \"Nasaf\" ishtirokidagi uchrashuv shohidiga aylanamiz.

Superliga chempioni hisoblangan \"sherlar\" 3 ochko (1 g‘alaba, 2 mag‘lubiyat) bilan guruhda oxirgi o‘rinni egallagan. Kubok sohibi \"ajdarlar\" esa 4 ochko (1 g‘alaba, bir durang, bir mag‘lubiyat) jamg‘argan holda 3-pog‘onani band etgan.

Ushbu natijalar kvotalarga ta’sir qiladi. Shu bois muxlislar xalqaro maydonda yurtimiz sharafini himoya qilayotgan klublardan yaxshiroq natijalar kutmoqda. Jumladan taniqli sharhlovchi Murod Rizayev ham.
Murod Rizayev: Buyog‘iga "Paxtakor" ham, "Nasaf" ham yutqazmasligi kerak
- Buyog‘iga \"Paxtakor\" ham, \"Nasaf\" ham yutqazmasligi kerak. Jadvalda Eron, Qatar bizdan o‘tib ketishi mumkin.

To‘g‘ri, hali iyunda \"So‘g‘diyona\" ham qo‘shiladi. Lekin baribir ikkinchi davrada futbolchilarimiz jon jaxdlari bilan o‘ynab nimalarga qodir ekanliklarini ko‘rsatishlari kerak. Arab klublaridagi legionerlar kuchliroq, tajribaliroq ekanligini his qilib mas’uliyatni oshirish kerak. \"Paxtakor\", \" Nasaf\" yigitlari... Vatan uchun olg‘aaaa
, - deya qo‘llab-quvvatlamoqda Murod Rizayev.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.