Samsung kompaniyasi iPhone'ni Galaxy flagmaniga almashish taklifini bildirdi


Samsung kompaniyasi Apple smartfonlari va o‘zining eski modeldagi flagmanlarini yangi telefonlarga almashtirish taklifini beruvchi Trade-in dasturi bo‘yicha aksiya yo‘lga qo‘ydi, deyiladi \"Kun\" nashrida.
Kompaniya Samsung\'ning Galaxy S va Galaxy Note seriyali flagman smartfonlari, shu bilan birga iPhone 5s, iPhone 6 Plus va iPhone 6 qurilmalarini Galaxy Note 5, Galaxy S6 edge modellariga almashtirmoqda. Eski telefonini topshirgan xaridor 15 ming rubl chegirmaga ega bo‘ladi.
Kompaniyaning ta’kidlashicha, o‘tgan yili bunday aksiya xaridorlar orasida muvaffaqiyatga erishgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













