Apple kompaniyasi egiluvchan ekranli smartfonni patentladi

Apple kompaniyasi egiluvchan ekranli smartfonni patentladi
Apple kompaniyasi egiluvchan ekranli smartfonni patentladi

Amerikaning Apple korporasiyasi egiluvchan ekran va shaffof korpusga ega smartfon texnologiyasini patentladi, deb yozadi «Daryo».

Patent AQSh patentlar va savdo belgilari byurosida ro‘yxatga olingan. Hujjatga ko‘ra, yangi smartfon loyihasi qurilmani «aylantirib burash» imkonini beruvchi egiluvchan sensorli ekrandan foydalanishni nazarda tutadi.

Patentga berilgan izohda aytilishicha, smartfonlarning hozirda mavjud bo‘lgan standart dizaynida uning faqat bitta tomoni — old tomoni faol ravishda qo‘llaniladi. Yangi yaxshilangan dizayn «qurilmaning barcha yuzalariga funksional imkoniyatlarni joriy qilish» imkonini beradi.

Bunday qurilmada tovush balandligini tugma yordamida emas, ekranga bosish orqali o‘zgartirish mumkin bo‘ladi. Ekranni bloklash tugmasi ham bo‘lmaydi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.