Google jinslarning teng huquqliligini qo‘llab-quvvatlab, yangi emodzilar chiqardi


Google kompaniyasi jinslar teng huquqliligini bir qator yangi emodzilar bilan qo‘llab-quvvatladi, deb yozadi «Daryo». Ularda ayollar o‘qituvchi, oshpaz, shifokor, payvandlovchi kabi turli kasb egalari sifatida ko‘rsatilgan.
Shu bilan birga, ishlab chiquvchilar irqiy tengsizlik belgilarini qidirishmasliklari uchun, ayollarni ham oq, ham qora tanli qilib tasvirladi.
Kompaniya vakillari fikriga ko‘ra, yangi emotikonlar yosh qizlarni ruhlantirishi, shuningdek, o‘zini «ayollarga xos bo‘lmagan» kasbda sinab ko‘rishni istaganlarga ishonch bag‘ishlashi kerak.
Yangi emodzilar Unicode qo‘mitasi tomonidan tasdiqlandi, ular yaqin orada Android foydalanuvchilari ixtiyorida paydo bo‘ladi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













