Olimlar bakteriyalar yordamida ekologik xavfsiz plastmassa yaratdi

Olimlar bakteriyalar yordamida ekologik xavfsiz plastmassa yaratdi
Foto: BME/ korinebakteriyalar
Janubiy koreyalik olimlar Corynebacterium bakteriyalarini an’anaviy plastmassaga muqobil sifatida biologik parchalanadigan material komponentlarini yaratishga “o‘rgatdi”.

Yangi materialning asosiy “ishlab chiqaruvchilari” Corynebacterium turidagi genetik jihatdan o‘zgartirilgan bakteriyalar bo‘lib, ular metabolik muhandislikdan foydalanib, psevdoaromatik dikarboksilik kislotalarni sintez qilishni o‘rgandi.

Ushbu birikmalar noyob xususiyatlarga ega ekologik toza poliefirlarning asosini tashkil etdi. Poliefirlar plastmassa sanoatida turli xil mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun keng qo‘llaniladi.

Laboratoriya sinovlari yangi biomaterial o‘zining fizik xususiyatlariga ko‘ra plastik idishlar ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan polietilentereftalatdan qolishmasligini, biroq ayni paytda u tabiiy sharoitda ancha tezroq parchalanishini qayd etgan.
Olimlar bakteriyalar yordamida ekologik xavfsiz plastmassa yaratdi
Foto: thpanorama/ korinebakteriyalar
Olimlarning qayd etishicha, sayyoramizning plastik ifloslanishi halokatli darajaga yetgan – har yili sakkiz million tonnadan ortiq plastik chiqindilar okeanga oqiziladi, oqibatda dengiz ekotizimlariga zarar yetmoqda. Shu bilan birga, mikroplastiklar dengiz hayvonlari organizmida va hatto inson to‘qimalarida tobora ko‘proq aniqlanmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.