Bitkoin qiymati 99 ming dollardan oshdi

Bitkoin qiymati 99 ming dollardan oshdi
Foto: Depositphotos
Bitkoin qiymati birinchi marta $99 mingdan oshdi. Kriptovalyutalar yirik birjasi Binance ma’lumotlari shuni ko‘rsatmoqda.

Platformaga ko‘ra, bizning vaqt bilan 22 noyabr soat 08:20 da bitkoin qiymati $99,2 mingga yetgan. Bu mazkur kriptovalyuta uchun yangi tarixiy maksimum hisoblanadi.

Bitkoin 12 noyabrning so‘nggi soatlarida 89 ming dollardan oshib, tarixiy maksimum qayd etilgan edi.

Galaxy Digital rahbari Mayk Novogras agar AQSH bitkoinni strategik zaxiraga qo‘shsa, uning qiymati $500 000 ga yetadi, degandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.