Britaniya vazirlariga Apple soatlarini taqish taqiqlandi

Britaniya vazirlariga Apple soatlarini taqish taqiqlandi
Britaniya vazirlariga Apple soatlarini taqish taqiqlandi

Britaniya hukumati turli siyosiy tadbirlar vaqtida vazirlarga Apple “aqlli soat”larini taqishni man etdi. Bunga tadbirlar vaqtida soatlar yordamida rossiyalik hakerlarning hujum uyushtirishlari va soatlar yordamida tadbirdagi suhbatni eshitishlari mumkinligi sabab bo‘ldi. Bu haqda “Qalampir.uz” xabar bermoqda.

Aytish kerakki, bu hukumat vakillariga Apple Watch soatlarini taqishga qo‘yilgan birinchi taqiq emas. Bundan avval, ushbu soatlardan foydalanish Adliya vaziri Maykl Gouvga ham taqiqlangandi. O‘shanda Britaniya parlamentida mobil aloqa vositalaridan foydalanish ham taqiq ostiga olingandi.

Britaniya hukumati rossiyalik hakerlarning hujumi o‘ta xavfli ekanini, suhbatni eshitish barobarida ayni mamlakat olgan ma’lumotlardan o‘z maqsadlarida foydalanishi mumkinligidan cho‘chimoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.