2025-yil 1-choragida 29 mingta Cobalt sotildi

2025-yil 1-choragida 29 mingta Cobalt sotildi
2025-yil yanvar-mart oylarida O‘zbekistonda Chevrolet Cobalt eng ko‘p sotilgan avtomobil bo‘ldi — 29 ming dona sotilgan, deb kursiv.media xabar berdi.

Ikkinchi o‘rinni 15,4 mingta sotilgan Damas egalladi. Uchinchi o‘rin Chevrolet Tracker’ga nasib etdi — 7,2 ming dona. Shuningdek, Labo va Onix ham beshlikka kirdi.

Avtomobil bozorida Chevrolet brendi yetakchilikni saqlab qoldi — 75,4 mingta sotilgan avtomobildan 62,3 mingtasi aynan shu brendga to‘g‘ri keladi (bozorning 82 foizi).

Ikkinchi o‘rinda 7,2% ulush bilan Kia, uchinchi o‘rinda esa 5,4% ulush bilan BYD joy oldi.

O‘zbekistondagi avtomobil ishlab chiqaruvchilar orasida UzAuto Motors yetakchilikni saqlab qolmoqda — 1-chorakda 41 mingta mashina sotgan. Ikkinchi o‘rinda Khorezm Auto, uchinchi o‘rinda esa ADM Jizzakh joylashgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.