O‘zbekiston internet tezligi bo‘yicha 65 pog‘ona yuqoriladi

O‘zbekiston internet tezligi bo‘yicha 65 pog‘ona yuqoriladi
O‘zbekiston mobil internet tezligi bo‘yicha so‘nggi 4 yilda 65 pog‘onaga yuqorilab, 2020-yildagi 133-o‘rindan 2025-yil yanvar holatiga ko‘ra 68-o‘ringa ko‘tarildi, deb xabar berdi Speedtest Global Index.

Bu natija mamlakatda internet infratuzilmasini rivojlantirish, xizmatlar sifati va qamrovini kengaytirishga qaratilgan izchil sa’y-harakatlar samarasidir. Bu o‘zgarish raqamli iqtisodiyotga o‘tishda muhim omil bo‘lmoqda.

“Ookla” – butun dunyo bo‘ylab internet tezligini tahlil qiluvchi tashkilot bo‘lib, har oy “Speedtest Global Index” reytingini yangilaydi va e’lon qiladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.