Xitoy maktablarida uy vazifasini endi SI baholaydimi?

Xitoy maktablarida uy vazifasini endi SI baholaydimi?

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi vakili Mao Nin X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida Xitoy maktablarida sun’iy intellekt (SI) texnologiyalari joriy etilayotganini ko‘rsatuvchi videoni e’lon qildi.

Uning yozishicha, SI texnologiyalari yordamida o‘quvchilarning bilimini baholash jarayoni avtomatlashtirilmoqda. Bu esa o‘quvchilarga o‘z ishlari bo‘yicha tez va aniq natijalar olish, o‘qituvchilarga esa ortiqcha yukdan xalos bo‘lish imkonini beradi.

Jarayon yozma topshiriqlarni skanerlash, ularni aqlli tizim orqali darhol tahlil qilishni o‘z ichiga oladi. SI texnologiyalari o‘qituvchining ishtirokisiz ham o‘quvchining qo‘lda yozilgan javoblariga asoslangan holda tezkor mulohaza va to‘g‘ri baho bera oladi.

Mazkur video ijtimoiy tarmoq X va Xitoyning mashhur Weibo platformasida tezda tarqalib, foydalanuvchilarning katta e’tiborini tortgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.