iPhone’ning barcha 15 modeli bir videoda o‘zaro taqqoslandi

iPhone’ning barcha 15 modeli bir videoda o‘zaro taqqoslandi
iPhone’ning barcha 15 modeli bir videoda o‘zaro taqqoslandi

Turli avloddagi iPhone’larni sinab ko‘rish – bu ancha qiziq jarayon. Yaqinda YouTube’dagi EverythingApplePro kanalida Apple’ning barcha 15ta smartfoni taqqoslangan video joylashtirildi - 2G’dan 7 Plus’gacha. O‘tkazilgan sinovlarda tez ishlash, kamera, dinamiklar balandligi va chiqariluvchi issiqlik kabi jihatlar baholandi, deb yozadi Kun nashri.

Apple iPhone 7 chiqqanidan so‘ng, bu smartfon to‘qqiz yil avval chiqarilgan 2G’dan 120 barobarga tezroq ekanini ma’lum qildi. Biroq, video muallifining ta’kidlashicha, «biz yangi telefonlarning tezligi pasayib boradigan nuqtada turibmiz».

Bu haqiqatdan ham rost. Muallif sinov paytida barcha 15ta iPhone’ni port-xabga bir vaqtda ulab qo‘ydi hamda iOS qanday ketma-ketlikda yuklanishini kuzatib bordi. iPhone 7 birinchi bo‘lgan bo‘lsa, iPhone 7 Plus faqatgina sakkizinchi natijani ko‘rsatdi. iPhone 4s esa so‘nggi pog‘onadan joy oldi.
iPhone’ning barcha 15 modeli bir videoda o‘zaro taqqoslandi

Rolikda kameralarni yoqish tezligi ham taqqoslandi. Shunisi qiziqki, iPhone 7 va iPhone 7 Plus’da bu ilovani ishga tushirish tezligi eng yuqori darajada emas ekan. (Garchi smartfonning bu so‘nggi ikki nusxasidagi kameralar sifati albatta juda yaxshi holatda bo‘lsa ham).

Dinamiklar balandligiga keladigan bo‘lsak, sinovdan o‘tkazishning bu bosqichida iPhone 7 va iPhone 7 Plus eng yaxshi natijani qayd etgan.
iPhone’ning barcha 15 modeli bir videoda o‘zaro taqqoslandi

Bundan tashqari, video muallifi smartfonlardan chiqariluvchi issiqlikni ham o‘zaro solishtirib, yangi modellar samarali sovutish tizimiga ega ekanini aniqladi. Shu bilan birga, Plus qo‘shimchali smartfonlar umuman olganda ko‘proq issiqlik chiqaradi.

Touch ID ishlash tezligi sinovida iPhone 6s birinchi o‘rinni egalladi.
iPhone’ning barcha 15 modeli bir videoda o‘zaro taqqoslandi

Apple’ning rivojlanish jarayonini yaqqol ko‘rsatib bergan videoni e’tiboringizga havola etamiz.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.