Telegram messenjerida Emoji Stake kazinosi ishga tushdi

Telegram messenjerida Emoji Stake kazinosi ishga tushdi

Telegram messenjerida Emoji Stake nomli yangi oʻyin platformasi paydo boʻldi. Ushbu servis toʻgʻridan-toʻgʻri ilova ichida ishlaydi va foydalanuvchilarga TON kriptovalyutasi orqali virtual emodzi-kubik tashlash natijalariga garov tikish imkonini beradi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Oʻyin mexanikasi juda oddiy: foydalanuvchi garov summasini tanlaydi va kubik 1 dan 6 gacha boʻlgan raqamlardan birini koʻrsatadi. Agar kubikda 1 raqami tushsa, tikilgan mablagʻ toʻliq kuyadi. Boshqa raqamlar uchun esa maʼlum bir koeffitsiyentlar belgilangan.

Platformaning rasmiy relizi vaqtida ishlab chiquvchilar yutuq koeffitsiyentlarini sinov bosqichidagiga nisbatan sezilarli darajada pasaytirdilar. Masalan, 4 raqami uchun multiplikator 1,5 dan 1,2 gacha, 6 raqami uchun esa 3 dan 2 gacha kamaytirildi. Shuningdek, ketma-ket oltita gʻalaba uchun maksimal yutuq ham x6 dan x5 ga tushirildi.

Emoji Stake platformasidan foydalanish imkoniyati cheklangan. Hozirgi vaqtda ushbu oʻyinda faqat Telegram reytingi 5 va undan yuqori boʻlgan foydalanuvchilar ishtirok etishlari mumkin. Reytingi pastroq boʻlgan foydalanuvchilar uchun platforma hozircha yopiq hisoblanadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.