Sony va Nintendo konsollar savdosi bo‘yicha yangi ma’lumotlarni e’lon qildi

Sony va Nintendo konsollar savdosi bo‘yicha yangi ma’lumotlarni e’lon qildi

Sony va Nintendo kompaniyalari o‘zlarining joriy o‘yin konsollari savdosi bo‘yicha yangi hisobotlarni taqdim etdi. Unga ko‘ra, 2020-yilning ikkinchi yarmida sotuvga chiqqan PlayStation 5 konsoli allaqachon 92,1 million dona sotilishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Ushbu natija PlayStation 5 konsolini barcha davrlarning eng ko‘p sotilgan o‘yin qurilmalari ro‘yxatida sakkizinchi o‘ringa olib chiqdi va u o‘zidan oldingi avlod vakili bo‘lgan PS3 ko‘rsatkichlarini ortda qoldirdi. Mutaxassislarning fikricha, PS6 chiqarilishiga hali vaqt borligi sababli, PS5 kelajakda PS4 natijalarini ham yangilashi mumkin.

Nintendo kompaniyasi esa o‘zining Switch 2 konsoli bo‘yicha ma’lumotlarni yangiladi. O‘tgan yili bozorga chiqqan ushbu qurilma hozirgacha 19,86 million dona sotilgan. Shunga qaramay, Nintendo 2027-moliya yili uchun prognozlarini 16,9 foizga pasaytirib, 16,5 million donani tashkil etishini ma’lum qildi.

Shuningdek, xotira chiplari bozoridagi vaziyat tufayli Nintendo 1-sentabrdan boshlab Switch 2 narxini 450 dollardan 500 dollargacha oshirishini e’lon qildi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.