Skype’ni bitta xabar bilan buzish imkonini beradigan bag topildi


Skype klientining amaldagi versiyasida jiddiy tizimli qusur borligi aniqlandi. Tarkibida https://: belgilar ketma-ketligi bo‘lgan xabarning yuborilishi dastur ishining favqulodda tugatilishiga olib keladi. Bunda xabarni yuborgan va olgan har ikki foydalanuvchining kompyuteridagi dastur yopiladi. Bundan so‘ng dastur avtorizasiya chog‘ida o‘chib qolaveradi, deb yozmoqda Kun.uz.
Windows, Android va iOS dasturiy ta’minotlariga bag‘ishlangan Skype versiyalarida ushbu kamchilik aniqlangan. Skype for Mac versiyasi esa bu kamchilikdan holi.
Hozircha muammoning topilgan yagona echimi bundan oldingi (7.3) versiyaga o‘tkazishdir.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













