Rasman: GTA VI oʻyinining chiqish sanasi maʻlum qilindi

Rasman: GTA VI oʻyinining chiqish sanasi maʻlum qilindi

GTA VI oʻyinining chiqish sanasi yakuniy tarzda tasdiqlandi — uzoq kutilgan loyiha 2026-yilning 19-noyabr kuni sotuvga chiqadi. Bu haqda Take-Two kompaniyasi oʻzining moliyaviy hisobotida rasman eʻlon qildi. Shuningdek, kompaniya oʻyinning chiqishi boshqa ortga surilmasligini alohida taʻkidlab oʻtdi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Kompaniya bosh direktori Strauss Zelnickning soʻzlariga koʻra, GTA VI uchun keng koʻlamli reklama kampaniyasi shu yilning yoz faslida start oladi. Muxlislar yaqin oylarda oʻyinning uchinchi treyleri namoyish etilishini kutishmoqda. Ushbu yangiliklar fonida Take-Two Interactive aksiyalari narxi taxminan 7 foizga koʻtarildi.

Kompaniya ushbu relizga asosiy stavkani tikmoqda: 2027-moliyaviy yilda tushumning 8–8,2 milliard dollargacha (taxminan +20%) oʻsishi kutilmoqda. Rahbariyat ushbu keskin oʻsishni bevosita GTA VI sotuvlari bilan bogʻlamoqda, bu esa investorlar oldida oʻyinni yana ortga surish ehtimolini deyarli yoʻqqa chiqaradi.

Eslatib oʻtamiz, GTA VI dastlab faqat PS5 va Xbox Series X|S konsollari uchun chiqariladi. Oʻyinning PK (PC) versiyasi haqida hozircha rasmiy maʻlumot berilmagan va u keyinroq taqdim etilishi kutilmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.