Microsoft Office ilovalaridagi noqulay Copilot tugmasini olib tashlashga ruxsat berdi

Microsoft Office ilovalaridagi noqulay Copilot tugmasini olib tashlashga ruxsat berdi

Microsoft korporatsiyasi Office ilovalari uchun kutilayotgan yangilanishni e’lon qildi. Ushbu yangilanish foydalanuvchilarga Copilot sun’iy intellekt yordamchisining suzib yuruvchi tugmasini oʻchirib qoʻyish imkonini beradi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Yaqinda Word, Excel va PowerPoint dasturlarida paydo boʻlgan ushbu interfeys elementi koʻplab foydalanuvchilarning e’tiroziga sabab boʻlgan edi. Ayniqsa, Excel foydalanuvchilari tugma katakchalarni toʻsib qoʻyayotgani va uni butunlay yashirishning iloji yoʻqligidan shikoyat qilishgan.

Microsoft mahsulot menejeri Ketrin Kivettning soʻzlariga koʻra, kompaniya foydalanuvchilarning Copilot koʻrinishi ustidan koʻproq nazoratga ega boʻlish haqidagi soʻrovlarini inobatga olgan. Endilikda foydalanuvchilar oʻz xohishlariga koʻra interfeysni tartibga solishlari mumkin boʻladi.

Yaqin vaqt ichida Microsoft tugmani asboblar paneliga (lenta) koʻchirish imkoniyatini taqdim etadi. Natijada u hujjatlar ustida suzib yurmaydi va ish jarayoniga xalaqit bermaydi. Bu qaror Microsoft kompaniyasining Windows 11 ilovalaridan ortiqcha Copilot tugmalarini olib tashlash boʻyicha boshlagan islohotlarining davomidir.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.