AliExpress: 2026-yil boshida eng ommabop boʻlgan tozalash gadjetlari

AliExpress: 2026-yil boshida eng ommabop boʻlgan tozalash gadjetlari

AliExpress MDH jamoasi 2026-yilning birinchi choragi yakunlari boʻyicha uy tozalash vositalari toifasidagi savdolarni tahlil qilib chiqdi. Sotilgan mahsulotlar soni boʻyicha tuzilgan reytingda bir qator texnologik brendlar yetakchilikni qoʻlga kiritgan. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Vertikal changyutgichlar segmentida Roborock F25 liniyasi mutlaq gʻolibga aylandi. Mazkur liniyaning beshta modifikatsiyasi umumiy hisobda katta farq bilan birinchi oʻrinni egallab turibdi. Ushbu brend bilan yakka tartibda raqobat qila oladigan yagona model sifatida Dreame T30 qayd etildi.

Robot-changyutgichlar yoʻnalishida ham Roborock oʻz ustunligini namoyish etmoqda — kuchli beshlikning toʻrtta pogʻonasini aynan ushbu brend qurilmalari egallagan. Kompaniya avtonom tozalash tizimlari bozorida ketma-ket uchinchi yil oʻz yetakchiligini saqlab qolmoqda.

Oyna yuvuvchi robotlar segmenti hali ham oʻziga xos (nisha) yoʻnalish boʻlib qolsa-da, barqaror oʻsish koʻrsatmoqda. Bu yoʻnalishda Chovery brendi ikkinchi oʻrindan deyarli ikki baravar oʻzib ketgan holda peshqadamlik qilmoqda.

Tahlillarga koʻra, foydalanuvchilar hamon Xitoy brendlariga ustunlik bermoqda. Koʻpincha bu turdagi modellar mahalliy bozorlarda mavjud emasligi yoki xorijdan toʻgʻridan-toʻgʻri buyurtma qilish ancha arzonroq tushishi xaridorlarning tanloviga asosiy sabab boʻlmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.