Vostochniy kosmodromidan uchirilgan Soyuz-2.1b raketasi parchalari topildi

Yoqutistonning Vilyuy tumanida 2025-yil dekabr oyida Vostochniy kosmodromidan uchirilgan Soyuz-2.1b raketa-tashuvchisining boʻlaklarini evakuatsiya qilish ishlari yakunlandi. Bu haqda mintaqaviy qutqaruv xizmati rasmiy maʼlumot berdi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Qutqaruv guruhi vakillarining soʻzlariga koʻra, hududdan jami 3,5 tonnaga yaqin raketa elementlari olib chiqilgan. Barcha qidiruv va tashish ishlari tasdiqlangan reglamentga muvofiq, ekologlar hamda mahalliy hokimiyat vakillari ishtirokida amalga oshirildi.
Mutaxassislar raketa parchalari tushgan hududdan tuproq va havo namunalarini olishdi. Dastlabki tahlillarga koʻra, barcha koʻrsatkichlar belgilangan ekologik meʼyorlarga javob beradi va atrof-muhitga zarar yetmagan.
Topilgan boʻlaklar Vilyuysk shahriga yetkazilib, maxsus konteynerlarga joylashtirildi. Rejaga koʻra, ushbu qismlar keyinchalik qayta ishlash yoki utilizatsiya qilish uchun Vostochniy kosmodromiga qaytarib yuboriladi.
Eslatib oʻtamiz, Soyuz-2.1b raketasi 2025-yil 28-dekabr kuni parvoz qilgan edi. Mazkur missiya doirasida orbitaga “Aist-2T” sunʼiy yoʻldoshi va yana 50 ta kichik apparatlar muvaffaqiyatli olib chiqilgan edi.













