Rossiyada koʻz gavharini almashtiruvchi noyob Yasen linzalari ishlab chiqariladi

Rossiyada katarakta kasalligida koʻz gavharini almashtirish uchun moʻljallangan Yasen nomli mahalliy intraokulyar linzalarni seriyali ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. Bu haqda Rossiya Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Ushbu linzalar S. N. Fyodorov nomidagi "Koʻz mikroxirurgiyasi" ilmiy-texnika majmuasi bazasida ishlab chiqarilmoqda. Dastlabki bosqichda yiliga 12 ming donagacha mahsulot tayyorlash rejalashtirilgan, kelgusida esa bu koʻrsatkich 25 ming donaga yetkaziladi.
Mutaxassislarning taʼkidlashicha, yangi linza xiralashgan tabiiy gavhar olib tashlangandan soʻng implantatsiya qilish uchun moʻljallangan. U oʻzining sifati va optik xususiyatlari boʻyicha standart monofokal modellardan sezilarli darajada ustun turadi.
Sogʻliqni saqlash vazirligi, shuningdek, ushbu yuqori texnologiyali linzalarni oʻrnatish jarayoni fuqarolar uchun majburiy tibbiy sugʻurta dasturi doirasida bepul amalga oshirilishini alohida qayd etib oʻtdi.













