Honor 600 Smart Edition: 200 MP kamera va 8600 mAs akkumulyator bilan

Honor 600 Smart Edition: 200 MP kamera va 8600 mAs akkumulyator bilan

Honor kompaniyasi Honor 600 Smart turkumining yangi modelini taqdim etishga tayyorgarlik koʻrmoqda. Qurilma allaqachon Global Certification Forum va SGS xalqaro sertifikatlash bazalarida MRK-NX1 model raqami ostida paydo boʻldi. Hujjatlarga koʻra, smartfon 2G, 3G, 4G LTE va zamonaviy 5G tarmoqlarini toʻliq qoʻllab-quvvatlaydi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Yangi smartfon 5G NR SA va NSA arxitekturalari bilan mos keladi hamda n1, n3, n7, n28, n41, n77 va n78 kabi ommabop diapazonlarda ishlay oladi. Shuningdek, qurilmada UICC texnologiyasi mavjud boʻlib, u nafaqat anʼanaviy SIM-kartalar, balki eSIM ilovalari bilan ham ishlash imkonini beradi.

SGS hujjatlari smartfonning oʻziga xos chidamlilik xususiyatlarini ham ochib berdi. Maʼlum qilinishicha, qurilma akkumulyatori 35 °C gacha haroratda va dengiz sathidan 2000 metr balandlikda ham barqaror ishlashga moʻljallangan. Bu esa uni togʻli hududlarda sayohat qiluvchilar uchun qulay tanlovga aylantiradi.

Honor 600 Smart Edition texnik jihatdan ham yuqori koʻrsatkichlarga ega. U 120 Gs yangilanish chastotasi va 8000 nit yorqinlikka ega 6,57 dyuymli AMOLED ekran bilan jihozlanadi. Qurilmaning asosiy kamerasi 200 megapikselli sensor va 30 karra yaqinlashtirish (zoom) imkoniyatiga ega boʻlgan takomillashtirilgan teleobʼyektivni oʻz ichiga oladi.

Smartfonning avtonomligini 8600 mAs sigʻimli ulkan akkumulyator taʼminlaydi. Bundan tashqari, korpus IP69 standarti boʻyicha chang va suvdan yuqori darajadagi himoya bilan taʼminlangan boʻlib, bu qurilmaning ekstremal sharoitlarda ham xavfsiz ishlashini kafolatlaydi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.