iOS 9 operasion tizimiga "djeylbreyk" chiqdi


Pangu dasturchilari internetga iOS 9 operasion tizimining ilk \"djeylbreyk\"ini joylashdi. Bu jarayonni faqatgina Windows tizimida ishlaydigan kompyuterda amalga oshirish mumkin. Buning uchun dastlab Find my iPhone funksiyasi hamda ekranni bloklovchi parolni o‘chirish kerak bo‘ladi.
Pangu Jailbreak iOS 9.0, 9.0.1 va 9.0.2 versiyalarda ishlaydi. 9to5Mac sayti mualliflari \"djeylbreyk\" haqiqatdan ham ishlamoqda. Biroq bu jarayon iPhone\'ni iTunes\'dagi zaxira nusxasi orqali qayta tiklashni talab qilishi mumkin.
Ma’lumot uchun, \"djeylbreyk\" asosan smartfonga boshqa manbalardan ilovalar ko‘chirib olish imkonini yaratish maqsadida o‘rnatiladi. \"Djeylbreyk\" qilingan smartfonlar Apple tomonidan beriladigan kafolatdan mahrum bo‘ladi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













