Gmail maktublarga mustaqil javob beradigan Smart Reply xizmatiga ega bo‘ldi

Gmail maktublarga mustaqil javob beradigan Smart Reply xizmatiga ega bo‘ldi
Gmail maktublarga mustaqil javob beradigan Smart Reply xizmatiga ega bo‘ldi

Gmail mobil dasturi maktublarga mobil qurilmalardan tezkor javob berish uchun uchta qisqa variant taklif etuvchi Smart Reply xizmatiga ega bo‘ldi. Bu haqda «Gazeta.ru» ga asoslanib «Daryo» nashri xabar bermoqda.

Sun’iy intellekt avval olingan maktublar va javoblar tahlili asosida bitta knopka yordamida tanlash mumkin bo‘lgan variantlarni taklif etadi. Javoblar aniq bo‘lishi uchun sun’iy intellektni ma’lum muddat mobaynida o‘rgatishga to‘g‘ri keladi. Shu bilan birga, foydalanuvchilarning o‘zlari ham mazkur jarayonga qo‘shilishi mumkin.

Ingliz tilidagi Smart Reply xizmatidan shu haftadan boshlab Google Play va App Store orqali foydalanish imkoniyati tug‘iladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.