UzLiDep saytiga xakerlar hujumiga uchradi

UzLiDep saytiga xakerlar hujumiga uchradi
UzLiDep saytiga xakerlar hujumiga uchradi

15 dekabr kuni ayni paytda bo‘lajak saylovlar arafasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borayotgan “O‘zbekiston Liberal-Demokratlar” partiyasining tashviqot vositalaridan biri, partiya sayti “uzlidep.uz” ma’lum muddat ishlamay qoldi. Shuningdek, 16 dekabr kuni partiyaning feysbukdagi sahifasi bilan ham muammolar sodir bo‘lgan, Bu haqda “12news.uz” ga asoslanib “Kun.uz” xabar bermoqda.

Partiya vakilining aytishicha, sayt va UzLiDep matbuot xizmatining feysbukdagi sahifasiga chet-ellik xakerlar tomonidan hujumlar uyushtirilgan. Vakilning ma’lum qilishicha, bu muammolar tezda bartaraf qilingan va hozirda sayt ham, sahifa ham odatdagi rejimda ishlamoqda.

Qayd etib o‘tish kerakki, “uzlidep.uz” saytiga saylovga tayyorgarlik jarayoniga oid eng yangi xabarlar, deputatlikka nomzodlar haqidagi ma’lumotlar va roliklar joylashtirib borilib, sayt ayni paytda saylovchilar va boshqa nashrlar uchun asosiy manba hisoblanadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.