“Google” fevral oyida “Android 5.1” versiyasini chiqarmoqchi


Ko‘pgina smartfonlar “Android”ning “Lollipop” versiyasini qabul qilishni boshladi. “Google” fevral oyida “Android 5.1” versiyasini chiqarishni rejalashtirgan.
Bu ma’lumotlarni jurnalistlar kompaniya ichidagi bir necha manbalardan olgan. Ular yangi versiyasidagi o‘zgarishlarni ma’lum qilgan. Ular orasida “Android 5.0”ga kiritilmagan ovozsiz rejimning paydo bo‘lishi, smartfonning quvvatga tejamkor bo‘lishi, tezkor xotiradan foydalanishning optimallashtirilishi va boshqa bir necha o‘zgarishlar bor.
Shuningdek, “Android 5.1” dizayndagi bir necha kamchiliklarni ham to‘g‘rilaydi.
Manba: Kun.uz
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













