Internetda “WhatsApp”ning yangi funksiyalari tasvirlari paydo bo‘ldi

Internetda “WhatsApp”ning yangi funksiyalari tasvirlari paydo bo‘ldi
Internetda “WhatsApp”ning yangi funksiyalari tasvirlari paydo bo‘ldi

“AndroidWorld.nl” sayti “Android” operasion tizimi ostida ishlovchi “WhatsApp” dasturining yangi versiyasi tasvirlarini chop etdi. Bir qator tasvirlardan yangi “WhatsApp”da ovozli qo‘ng‘iroqlar funksiyasi paydo bo‘lishini ko‘rish mumkin.
Internetda “WhatsApp”ning yangi funksiyalari tasvirlari paydo bo‘ldi

Ushbu tasvir mualliflarining ta’kidlashlaricha, ular bu dasturni “WhatsApp” saytidan ko‘chirib olganlar va bu dastur “Google Play” dasturlar do‘konida sotib olish mumkin bo‘lgan “WhatsApp” dasturning eskiroq versiyasidir. Xabarlarga ko‘ra, ovozli qo‘ng‘iroqlar funksiyasi alohida oynaga chiqarilgan, foydalanuvchi qo‘ng‘iroq davomida bo‘lib o‘tgan suhbatni u tugagandan so‘ng eshitib ko‘rish imkoniga ega bo‘ladi.

“WhatsApp” ovozli qo‘ng‘iroqlar funksiyasi paydo bo‘lishi haqida kompaniyaning bosh direktori Yan Kum oktyabr oyida e’lon qilgan edi. Biroq, Kum bu funksiya ba’zi texnik muammolar tufayli, biroz kechikib, 2015 yilning bahor oyida joriy qilinishini bildirgan.

Manba: Kun.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.