Uzcard logotipi o‘zgardi

Uzcard logotipi o‘zgardi
Uzcard logotipi o‘zgardi

Uzcard banklararo chakana to‘lov tizimining Banklararo Muvofiqlashtiruvchi Kengashi navbatdagi majlisida to‘lov tizimi logotipining yangi dizayni tasdiqlandi, deb xabar bermoqda uz24.uz.

Yangi logotip O‘zbekiston milliy ramzlariga xos bo‘lgan ranglar majmui asosiga qurilgan. Logotip ko‘k rang fonidagi «Uzcard» yozuvidan iborat. Undagi «U» harfi ikki elementdan iborat, ulardan biri boshqa harflar kabi oq rangda bo‘lsa, ikkinchisi qizil rangda bo‘lib, u plastik karta chipini ifodalaydi.

Fondagi ko‘k rangni to‘lqinsimon oq chiziq kesib o‘tgan, uning pastki qismi esa yashil rangga bo‘yalgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.