“Apple” o‘z stiluslarini ishlab chiqarish uchun patent oldi

“Apple” o‘z stiluslarini ishlab chiqarish uchun patent oldi
“Apple” o‘z stiluslarini ishlab chiqarish uchun patent oldi

AQSh Patent tashkiloti “Apple” kompaniyasiga o‘z planshetlari uchun stilus (sensor ruchkasi) ishlab chiqarishga ruxsatnoma berdi. Bu haqda “Apple Insider”ga asoslanib, “lookatme.ru” xabar beradi.

Bunday stilus “Apple” planshetiga simsiz aloqa yordamida ulanadi va qo‘l harakatlarini o‘qish uchun mo‘ljallangan. U yordamida qo‘l harakatlari bilan ekranda turli chiziqlar chizish yoki yozuvlar yozish mumkin. Xuddi shunday funksiyani planshet chetidagi “Livescribe 3” qurilmasi ham bajaradi, biroq bu qurilma unda o‘rnatilgan infraqizil kamera asosida ishlaydi. Stilus esa akselometrdan foydalanadi.

Qayd etib o‘tish kerakki, matbuotda iPen nomi bilan atalgan stilusga patent olish uchun etti yil oldin oldin murojaat qilingan edi. Endi aytish mumkinki, bu stiluslar kompaniyaning eng uzoq vaqt talab etgan loyihasiga aylandi. Hozircha, “Apple” stilusni ommaviy tarzda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi aniq emas. Chunki, kompaniya asoschisi Stiv Jobs uni “yomon dizayn alomati” deb hisoblagan edi.

Foto: devicebox.ru
Manba: kun.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.