1 iyuldan boshlab davlat subdomenidagi saytlarga kirishda ishlatiladigan trafik uchun haq olinmaydi

1 iyuldan boshlab davlat subdomenidagi saytlarga kirishda ishlatiladigan trafik uchun haq olinmaydi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi aholi punktlarida telekommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qilingani haqida xabar bergandik.

Unga ko‘ra, olis va qishloq aholi punktlariga telekommunikatsiya va internet xizmatlari kirib borishi ta’minlanadi.
Shuningdek, belgilandiki:
  • Wi-Fi texnologiyasi bo‘yicha simsiz ma’lumotlar uzatish uchun signal quvvatidan qat’i nazar 2400-2483,5 MGs va 5000-5999MGs radiochastota polosalarida ekspluatatsion yig‘im va radiochastota spektridan foydalanganlik uchun to‘lov undirilmaydi;
  • davlat ko‘chmas mulkidan telekommunikatsiya ob’ektlarini o‘rnatish uchun foydalanganlik ijara to‘lovining eng kam stavkalari, oshiruvchi koeffitsiyentlarni qo‘llamagan holda, «simli elektr aloqasi»dan foydalanish maqsadi bo‘yicha stavkaga teng miqdorda qo‘llaniladi.

Qaror bilan:
Telekommunikatsiya operatorlari va provayderlariga 2019 yil 1 iyuldan boshlab davlat subdomenida (gov.uz) joylashtirilgan axborot resurslariga kirishda ishlatiladigan trafik uchun haq olmaslik tavsiya etildi.

Telekommunikatsiya operatorlari va provayderlariga 2022 yil 1 yanvarga qadar telekommunikatsiya ob’ektlarini qurish-montaj ishlarini, radioelektron vositalarni o‘rnatish maydonchalarini (joylarini) o‘rnatilgan tartibda kelishgandan so‘ng, loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bilan parallel ravishda amalga oshirishga istisno tariqasida ruxsat etildi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.