Excel'da saqlab qolinmagan fayllarni qanday tiklash mumkin?

Excel'da saqlab qolinmagan fayllarni qanday tiklash mumkin?
Microsoft Office bilan ishlovchi har bir xodim bu usulni bilishi kerak.

Yarim kunlik ish vaqtingizni MS Excel\'da hisobot tayyorlashga sarfladingizu, dasturni yopish vaqtida «Soxranit izmeneniya v fayle?» so‘roviga tasodifan «Net» tugmasini bosib yuborgan bo‘lsangiz, vahimaga tushmang — buning yechimi bor.

Dasturingiz Excel 2010 bo‘lsa, ma’lumotlarni tiklash uchun «Fayl» → «Posledniye» (File → Recent) orqali pastki o‘ng burchakdagi «Vosstanovit nesoxranyonnыe knigi» (Recover Unsaved Workbooks) tugmasini toping.
Excel'da saqlab qolinmagan fayllarni qanday tiklash mumkin?
Excel 2013’da biroz farqli: «Fayl» → «Svedeniya» → «Upravleniye versiyami» → «Vosstanovit nesoxranyonnыe knigi» (File — Properties — Recover Unsaved Workbooks).

Excel\'ning barcha keyingi talqinlarida axborotni qayta paydo qilish uchun quyidagi tartibda oynalarni ochamiz: «Fayl» → «Svedeniya» → «Upravleniye knigoy». Paydo bo‘lgan menyudan kerakli punktni tanlash kifoya.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.