Google kompaniyasi yangi Android 10 operatsion tizimini chiqardi (foto)

Google kompaniyasi yangi Android 10 operatsion tizimini chiqardi (foto)
Foto: 9to5google
Google kompaniyasi o‘zining Pixel telefonlari uchun Android 10 operatsion tizimini chiqarganini ma’lum qildi. Yaqin orada yangi operatsion tizimga o‘tish imkoniyati boshqa kompaniyalar smartfonlarida ham paydo bo‘ladi.

Yangi tizimda videodagi nutqni subtitrlarga aylantiruvchi Live Caption funksiyasi paydo bo‘ldi.
Google kompaniyasi yangi Android 10 operatsion tizimini chiqardi (foto)
Shuningdek, “Qora mavzu” rejimini yoqish imkoniyati hamda smartfonda harakatlanish uchun qo‘shimcha imo-ishoralar paydo bo‘ldi. Bu imo-ishoralar yordamida orqaga qaytish, bosh ekranni ochish va dasturlar orasida o‘tish mumkin. Daxlsizlikka katta ahamiyat qaratilgan: endi dasturlarga foydalanuvchining joylashgan o‘rni haqidagi ma’lumotlarni fon rejimida emas, balki dastur faol bo‘lganda olishga ruxsat beriladi.
Google kompaniyasi yangi Android 10 operatsion tizimini chiqardi (foto)
Google kompaniyasi yangi Android 10 operatsion tizimini chiqardi (foto)
Yangi operatsion tizimda ishdan chalg‘ituvchi barcha dasturlarni bloklovchi Focus Mode rejimi, shuningdek, ota-onalarga farzandlari smartfon yoki ma’lum dasturlar ortida qancha vaqt o‘tkazayotganini nazorat qilishga imkon beruvchi Family Link funksiyasi paydo bo‘lgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.