Google robotining yo‘rg‘alayotgani aks etgan video internetda ommalashib ketdi (video)

Google robotining yo‘rg‘alayotgani aks etgan video internetda ommalashib ketdi (video)
Google robotining yo‘rg‘alayotgani aks etgan video internetda ommalashib ketdi (video)

Boston Dynamics mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan Spot ismli robot aks etgan yangi rolik YouTube’da bir kecha-kunduzda yarim milliondan ziyod marta tomosha qilindi, deb yozadi «Rossiyskaya gazeta». 2013 yildan buyon ushbu kompaniya Google tarkibiga kiradi.

Spot harakatlanish uchun to‘rtta oyoqqa ega bo‘lib, ko‘plab elektrli va gidravlik uzatmalardan iborat. Doimiy ravishda aylanib turuvchi sensorli bosh makonda mo‘ljal olishga yordam beradi. Spot’ning og‘irligi deyarli 72 kilogrammni tashkil etadi, hajmi yirik itniki bilan teng. Taxmin qilinishicha, robot inson uchun xavfli bo‘lgan joylarga yuk etkazishda ishlatilishi mumkin.



Manba: www.daryo.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.