UzPaynet UMS mobil aloqa xizmatlari uchun to‘lovlarni qabul qila boshladi

UzPaynet UMS mobil aloqa xizmatlari uchun to‘lovlarni qabul qila boshladi
UzPaynet UMS mobil aloqa xizmatlari uchun to‘lovlarni qabul qila boshladi

UzPaynet kompaniyasi Universal Mobile Systems mobil aloqa xizmati uchun to‘lovlarni qabul qilish boshlanganligini ma’lum qildi, deb yozadi \"Daryo\"
nashri.
«UMS abonentlari o‘z hisoblarini barcha Paynet to‘lovlarni qabul qilish shoxobchalarida to‘ldirish imkoniyatiga ega. Hisobini to‘ldirishi uchun mijoz to‘lov shoxobchasiga murojaat qiladi va operatorga o‘zining telefon raqamini ma’lum qilib, to‘lovni amalga oshiradi», — deyiladi kompaniya xabarida.

UzPaynet kompaniyasi O‘zbekiston bozorida 2005 yildan beri faoliyat yuritib kelmoqda. Hozirda respublikaning barcha jabhalarida kompaniyaning 25 000 dan ortiq to‘lovlarni qabul qilish shoxobchalari o‘z faoliyatini amalga oshirib kelmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.