2035 yilga kelib tibbiyot IT bozori 1,5-2 trln dollarni tashkil etadi


2035 yilga kelib, tibbiyot sohasida qo‘llaniladigan IT (informasion texnologiyalar) jihozlar bozori ko‘lami 1,5-2 trln dollarga etadi, deb bayonot bermoqda \"R- Farm\" kompaniyalar guruhi tibbiyot yo‘nalishi rahbari Mixail Samsonov. U, PXIF-2016 doirasida tashkil etilgan \"Milliy texnologiya tashabbusida ITning o‘rni\" nomli amaliy nonushtasida qilgan chiqishida shunday fikrlarni bildirgan. Bu haqda \"Kun.uz\" xabar berdi.
\"Health Net bozori doirasida (internet + tibbiyot), informasion texnologiyalar haqida so‘z yuritilsa, hozirgi vaqtda u 90 mlrd dollar atrofida, ammo 2035 yilga kelib bu raqam 1,5-2 trln dollar bo‘lishi kutilayapti\", - degan Samsonov.
Umuman, Health Net sohasida uchta yo‘nalish: IT, tibbiyot va genetikani ajratib ko‘rsatish mumkin, deb aniqlik kiritgan Samsonov.
\"Health Net - bu kelajak texnologiyalaridir. Yangi bozorlar yoki bir necha yillardan so‘ng paydo bo‘ladigan bozorlar hajmi hozirdayoq 1 trln dollarga baholanadi. Taxminimizcha, bu raqam 2020 yilda 2 trln, 2035 yilga kelib, 4 trln dollar atrofida bo‘ladi\", - deb bashorat qilgan ekspert.
Umuman olganda, Samsonovning qayd etishicha, sog‘liqni saqlash bozori dunyodagi eng yirik bozorlardan biri bo‘lib, o‘tgan yil yakuniga ko‘ra, uning hajmi 9 trln dollar atrofida bo‘lgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.










