Bu haqida bilishingiz shart: bosh og‘rig‘iga sabab bo‘luvchi 3 mahsulot

Bu haqida bilishingiz shart: bosh og‘rig‘iga sabab bo‘luvchi 3 mahsulot

Kutilmaganda paydo bo‘ladigan bosh og‘rig‘ini keltirib chiqaruvchi sabablar talaygina. Og‘riq ba’zan havodagi keskin o‘zgarish, ba’zan esa shovqin-suronli bazmda ishtirok etish natijasida sizga azob berishni boshlaydi. Biroq oramizda ko‘pchilik ayrim mahsulot iste’moli ham bosh og‘rig‘iga sabab bo‘lishi mumkinligi haqida bilmaydi. Kutilmaganda rejalaringizni o‘zgartirib yuboradigan bosh og‘rig‘iga duchor bo‘lishni istamasangiz, ushbu mahsulotlar iste’molida me’yorni unutmang.

Tarkibida kofein saqlovchi ichimliklar. Bu siz sevib iste’mol qiladigan qahva, choy, quvvatbaxsh ichimliklar bo‘lishi mumkin. Ularning barchasi bosh og‘rig‘ini keltirib chiqaradi. O‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida surunkali migrendan aziyat chekuvchi insonlar kofeindan voz kechganlaridan keyin o‘zlarini avvalgidan yaxshiroq his qila boshlaganlari qayd etilgan.

Bu haqida bilishingiz shart: bosh og‘rig‘iga sabab bo‘luvchi 3 mahsulot

Muzlatilgan mahsulotlar. Taomni shoshilib yeyish, jismoniy faollikdan keyin yoki terlagan holda muzqaymoqni paqqos tushirish, limonad, smuzi ichish bosh og‘rig‘ini keltirib chiqarishi turgan gap.

Bu haqida bilishingiz shart: bosh og‘rig‘iga sabab bo‘luvchi 3 mahsulot

Sho‘r ovqatlar va tuzlamalar. Ular qon bosimining ko‘tarilib ketishiga sabab bo‘ladi, bosh og‘rig‘i va migrenni keltirib chiqaradi. Tarkibida konservantlar saqlanadigan va qayta ishlov berilgan tuzlamalar esa salomatlik uchun ikki karra xavflidir.

Bu haqida bilishingiz shart: bosh og‘rig‘iga sabab bo‘luvchi 3 mahsulot

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.