Sarimsoq qaysi kasalliklarda xavf tug‘dirishi mumkin?

Sarimsoq qaysi kasalliklarda xavf tug‘dirishi mumkin?

Sarimsoq xalq tabobatida eng ko‘p qo‘llanadigan mahsulotlardan biri hisoblanadi. U immunitetni mustahkamlash, qon aylanishini yaxshilash va shamollashga qarshi foydali ekani bilan mashhur. Tarkibidagi tabiiy moddalar organizmga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Biroq mutaxassislarning aytishicha, sarimsoq hamma uchun birdek foydali emas. Oshqozon yarasi, gastrit yoki ichak bilan bog‘liq muammolari bor insonlarda sarimsoq kasallik alomatlarini kuchaytirishi mumkin. Ayniqsa, uni och qoringa iste’mol qilish oshqozon shilliq qavatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Shuningdek, qon suyultiruvchi dori ichadigan insonlarga ham sarimsoqni me’yorida iste’mol qilish tavsiya etiladi. Chunki u qon aylanishiga ta’sir qilib, ayrim holatlarda qon ketish xavfini oshirishi mumkin. Past qon bosimiga ega insonlarda esa sarimsoq holsizlik yoki bosh aylanishini kuchaytirishi ehtimoli bor.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.