Yuzdagi “qora nuqtalar” nima va nega paydo bo‘ladi?

Yuzdagi “qora nuqtalar” nima va nega paydo bo‘ladi?
Yuzdagi “qora nuqtalar” nima va nega paydo bo‘ladi?
Foto: Yandex

Ko‘pchilik “qora dog‘” deb o‘ylaydigan muammo aslida boshqacha — bu ruscha aytganda “чёрние точки”, tibbiy tilda esa komedonlar deb ataladi. Ular asosan burun, peshona va iyak atrofida ko‘proq uchraydi.

Qora nuqtalarning asosiy sababi — teri teshikchalarining yog‘ (sebum) va o‘lik hujayralar bilan to‘lib qolishi. Teshikcha ochiq bo‘lgani uchun undagi modda havo bilan reaksiyaga kirishib, oksidlanadi va qora rangga kiradi. Ya’ni bu ifloslik emas, balki kimyoviy jarayon natijasi.

Bu muammoning kelib chiqishiga bir nechta omillar ta’sir qiladi. Masalan, yog‘li teri turi bo‘lganlarda sebum ko‘proq ishlab chiqariladi. Gormonal o‘zgarishlar — ayniqsa o‘smirlik davrida yoki stress paytida — buni kuchaytiradi. Shuningdek, noto‘g‘ri parvarish, og‘ir kosmetika vositalari va teshikchalarni to‘sib qo‘yuvchi kremlar ham qora nuqtalarni ko‘paytirishi mumkin.

Yuzdagi “qora nuqtalar” nima va nega paydo bo‘ladi?

Eng katta xato — ularni qo‘l bilan siqib chiqarish. Bu infeksiya kirishiga, yallig‘lanish va hatto iz qolishiga olib kelishi mumkin.

Qora nuqtalardan xalos bo‘lish uchun teriga to‘g‘ri qarash muhim: yumshoq tozalash, haftasiga 1–2 marta yengil skrab yoki kislotali (masalan, salitsil kislotali) vositalardan foydalanish va eng muhimi — teshikchalarni yopib qo‘ymaydigan kosmetika tanlash.

Yuzdagi “qora nuqtalar” nima va nega paydo bo‘ladi?

Agar muammo kuchli bo‘lsa, kosmetolog yoki dermatologga murojaat qilish to‘g‘ri qaror bo‘ladi. Chunki ba’zi hollarda professional tozalash yoki davolovchi vositalar talab etiladi.

“Qora nuqtalar” — bu oddiy holat, lekin to‘g‘ri parvarish bilan ularni nazorat qilish mumkin.

Yuzdagi “qora nuqtalar” nima va nega paydo bo‘ladi?

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.