Toshkentda noodatiy YTH yuz berdi

Toshkentda noodatiy YTH yuz berdi
Toshkentda noodatiy YTH yuz berdi

Bugun, 24 iyun kuni Toshkent shahrida navbatdagi YTH qayd etildi. Bu haqda Facebook’ning “Voditeli Tashkenta” guruhi a’zolari xabariga asoslanib “Qalampir.uz” xabar berdi.

Xabarga ilova qilingan tasvirlardan ko‘rinib turibdiki, bu YTH boshqalardan noodatiyligi bilan farq qiladi. Oq rangdagi Matiz va kulrang Lacetti ishtirokida sodir bo‘lgan YTHda hech kim jarohat olmagan. Tasvirlardan shuni anglash mumkinki, svetoforning qizil chirog‘ida to‘xtab turgan Lacetti haydovchisi sariq chiroq yongach harakatlanishni boshlaydi. Asta-sekinlik bilan birinchi yo‘lakdan qo‘zg‘algan Lacetti uchinchi yo‘lakdan tezlik bilan chiqib, yo‘lovchilar o‘tish yo‘lagidan burilib olmoqchi bo‘lgan Matiz’ni chap yon tomonidan urib yuboradi.
Toshkentda noodatiy YTH yuz berdi

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari mazkur YTHda 100 foiz Matiz haydovichisini ayblashmoqda. “Agar Lacetti urib yubormagan taqdirda ham, Matiz yo‘lning nariga qismida harakatlanayotgan avtomobillar halal berardi va YTHga sabab bo‘lishi mumkin edi”, deydi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan biri.

Qolaversa, Lacetti avtomobili haydovchisi ham ayblovlardan chetda qolayotgani yo‘q. Guruh a’zolari uni svetofornig yashil chirog‘i yonmay turib, harakatlanishda ayblashmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.