“Ummon” guruhi qaytdi: Konserti va muxlislari bilan internetni portlatib yubordi!

19 may kuni “Ummon” guruhi uzoq yillik tanaffusdan so‘ng ilk katta konsert dasturini muxlislariga taqdim etdi. Humo Arena’da bo‘lib o‘tgan konsert guruh ixlosmandlari uchun unutilmas kechaga aylandi.
Konsert davomida zal muxlislar bilan to‘lib-toshdi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolar va chiqishlar esa qisqa vaqt ichida millionlab tomoshalarga sabab bo‘ldi. Ayniqsa, guruh a’zolarining sahnadagi samimiy gaplari keng muhokama qilinmoqda.
“Biz 10 yillik tanaffusdan so‘ng qaytdik. Bu oson bo‘lmadi. Mashhurlik yoki trend uchun emas, muxlislarimiz uchun qaytdik. Ichimizda qolib ketgan gaplar va xotiralar uchun qaytdik”, — degan so‘zlari ko‘plab muxlislarni hayajonga soldi.
“Ummon”ning mashhur qo‘shiqlari konsert davomida muxlislar tomonidan birgalikda kuylanib, Humo Arena’da o‘zgacha atmosfera yaratdi. Ko‘pchilik ushbu qaytishni o‘zbek shou-biznesidagi eng kutilgan voqealardan biri sifatida baholamoqda.













