Toshkentda kuchli shamol oqibatida daraxtlar avtomobillar ustiga ag‘darildi

Toshkentda kuchli shamol oqibatida daraxtlar avtomobillar ustiga ag‘darildi
Toshkentda kuchli shamol oqibatida daraxtlar avtomobillar ustiga ag‘darildi

13 iyuldan 14 iyulga o‘tar kechasi Toshkent shahrida kuzatilgan kuchli shamol ko‘p yillik daraxtlarning qulashiga va buning oqibatida turar-joy binolari, bolalar maydonchalari hamda fuqarolarning ko‘p qavatli uylar atrofida qoldirgan shaxsiy avtomobillariga zarar etishiga sabab bo‘ldi. Bugun, 14 iyul kuni “Facebook.com” tarmog‘idagi “Voditeli Tashkenta” guruhida ana shunday xabarlar va daraxtlar ag‘darilgani tasvirlangan suratlar bilan to‘lib-toshdi, deb yozmoqda “Qalampir.uz” sayti.
Toshkentda kuchli shamol oqibatida daraxtlar avtomobillar ustiga ag‘darildi

Suratlardan birini ko‘rgan ko‘p haydovchilar avtomobilning egasiga tasalli berishmoqda. Unda ko‘p qavatli uyning atrofida qarovsiz tashlab ketilgan VAZ-2106 avtomobili ustiga bahaybat daraxt ag‘darilgani tasvirlangan. Buning oqibatida avtomobil umuman tanib bo‘lmas darajaga kelgan. U o‘z ko‘rinishi butkul yo‘qotgan, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Toshkentda kuchli shamol oqibatida daraxtlar avtomobillar ustiga ag‘darildi

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari mazkur holat yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bayon etishar ekan, bunday vaziyatda sug‘urta kompaniyalari yordam bermasligini aytishmoqda. Avvalroq, xuddi shunday vaziyatga duch kelgan haydovchilardan biri avtomobilini o‘z puliga ta’mirlatganini yozib qoldirgan.
Toshkentda kuchli shamol oqibatida daraxtlar avtomobillar ustiga ag‘darildi

Ma’lumot uchun, 14 iyul kuni Toshkent shahrida shamol g‘arbdan soniyasiga 12-17 metr tezlikda esgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.