Captiva–5 sotuvi boshlanadi: avtomobil narxlari ma’lum qilindi

Captiva–5 sotuvi boshlanadi: avtomobil narxlari ma’lum qilindi

Foto: Telegram

Chevrolet Captiva (Captiva–5) sotuvi 2023 yilning oktyabr oyi yakunida boshlanishi kutilmoqda. “O‘zavtosanoat” vakili avtomobil narxlarini ma’lum qildi.

Captiva–5 uchta komplektatsiyada sotuvga chiqariladi. Ularning narxlari quyidagicha:

  • LT1 (5 o‘rindiqli): 299 900 000 so‘m;
  • LT2 (7 o‘rindiqli): 319 900 000 so‘m;
  • Premier (7 o‘rindiqli): 349 900 000 so‘m.

Mazkur narxlar qo‘shilgan qiymat solig‘ini ham hisobga olgan holda ko‘rsatilgan.

Ma’lumot uchun, Captiva modeli O‘zbekiston bozoriga 2007 yilda kirib kelgan. O‘sha yilning oktyabrida mamlakatda avtomobilni yig‘ish yo‘lga qo‘yilgan. 2011 yilning sentyabri va 2017 yilning fevralida model yangilangan. 2018 yilning sentyabrida esa GM\'ning global strategiyasiga muvofiq uni ishlab chiqarish to‘xtatilgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.