Ravon Nexia’ning Rossiya bozorida sotuvga chiqmay turib narxlari oshdi

Ravon Nexia’ning Rossiya bozorida sotuvga chiqmay turib narxlari oshdi
Ravon Nexia’ning Rossiya bozorida sotuvga chiqmay turib narxlari oshdi

Rossiya bozorida hali sotuvga chiqmagan Ravon Nexia avtomobilining narxi ko‘tarildi. Bu haqda “Wroom.ru”ga asoslanib “Qalampir.uz” yozmoqda.

Xabarga ko‘ra, avtomobil 40 ming rublga qimmatlashgan. Mashinaning bir himoya yostig‘i, barqarorlashtirish tizimi va rulning gidrokuchaytirgichi bo‘lgan Comfort versiyasi narxi 379 mingdan 419 ming rublga ko‘tarilgan.

Ravon Nexia’ning Optimum varianti (Kondisioner, old oynalarni boshqarish uchun elektroko‘targichlar, markaziy qulflash tizimi) narxi 479 ming rubl etib belgilandi. Elegance varianti esa (ikkita xavfsizlik yostiqchasi, orqa oynalarni boshqarish uchun elektroko‘targichlar, qotishmali g‘ildirak) xaridorga 529 ming rublga tushadi.

Ma’lumotlarga qarganda, Ravon Nexia Chevrolet Aveo sedanining takomillashtirilgan variantidir. Rossiya bozorida mazkur avtomobil yaqin kunlarda sotuvga chiqishi kutilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, Chevrolet Aveo General Motors kompaniyasi tomonidan 2002 yildan ishlab chiqarila boshlangan. Mazkur avtomobil Shimoliy Amerikada Chevrolet Sonic nomi ostida etkazib beriladi. Aveo’ning to‘rt eshikli sedan, besh va uch eshikli xetchbek modellari mavjud.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.