Infiniti sotilishi bo‘yicha o‘z tarixida rekord o‘rnatdi


O‘tgan yilning sentyabr oyiga qaraganda bu yilgi savdoda o‘sish 12 foizni tashkil etdi va oy davomida 19 961 avtomobil xarid qilindi. Bu Infiniti markasining tarixidagi eng yaxshi natijadir.
O‘tgan to‘qqiz oy mobaynida esa dunyo bo‘yicha kompaniyaning 164 636 mashinasi sotilgan bo‘lib, o‘tgan yilgi natijadan 7 foizga ortiqdir.
Yaponiyaning “Infitini” kompaniyasi avtomobillari AQSh, Kanada, Meksika, Koreya Respublikasi, Tayvan va bir qator Yaqin Sharq mamlakatlarida sotiladi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













