Chevrolet Cobalt savdosi 24,7% ga oshdi

Chevrolet Cobalt savdosi 24,7% ga oshdi
2024-yil yakunlariga koʻra, Chevrolet Cobalt Oʻzbekiston avtomobil bozorida yetakchilikni saqlab qoldi. Focus2Move tahlilchilarining maʼlumotlariga koʻra, ushbu avtomobil savdosi yillik 24,7% oʻsish qayd etdi.

Ikkinchi oʻrinda Daewoo Damas joy oldi, uning savdosi 58,8% ga oshdi.

Chevrolet mamlakat bozorining 58,5% ulushini egallab, yil yakunida 1,2% oʻsishga erishdi. Daewoo esa 21,9% ulush bilan ikkinchi oʻrinda qoldi va yil davomida 39,4% oʻsdi. Uchinchi oʻrin Kia kompaniyasiga nasib etdi.

Oʻzbekistonda toʻrtinchi eng ommabop avtomobil brendi Xitoyning BYD kompaniyasi boʻldi. Ushbu brendning savdosi yil davomida 113,2% oʻsdi.

Shuningdek, tahlilchilar Oʻzbekistonda elektromobillar bozori 7,1% oʻsganini qayd etdi. Elektromobillar umumiy transport vositalarining 7% ini tashkil etmoqda. Segment yetakchisi BYD boʻlib qoldi, ikkinchi oʻrinda BAIC, uchinchi oʻrinda esa Tesla joy oldi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.