Qamchiq dovonida yo‘l ta’miri boshlandi

Qamchiq dovonida yo‘l ta’miri boshlandi
Qamchiq dovonidagi A373 “Toshkent – Ohangaron – Angren – Qo‘qon – Shahrixon – Andijon” avtomobil yo‘li bo‘ylab rekonstruksiya ishlari boshlandi, deya xabar berdi GSBYO matbuot xizmati, nova24.uz yozmoqda.

Ma’lum qilinishicha, yo‘l ta’miri vaqtida harakat vaqtincha cheklanishi, tezlik pasaytirilishi va tirbandliklar yuzaga kelishi mumkin. Haydovchilarga safar rejalarini shu holatlarni inobatga olib tuzish tavsiya etildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qamchiq dovonida bir haydovchi boshqaruvidagi miniven yo‘l chetidagi chuqurga tushib ketgandi. FVV xodimlari haydovchini qutqarib, avtomobilni maxsus texnika yordamida olib chiqqan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.