Toshkent markazida Damas va Cobalt yonib ketdi

Toshkent markazida Damas va Cobalt yonib ketdi
6 may kuni Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi Sodiq Azimov ko‘chasida, 145-sonli maktab yaqinida Damas avtomobili yonib ketdi, deb NOVA24.uz xabar berdi. Olov yonda turgan Cobalt avtomobiliga ham tarqaldi. Guvohlar mustaqil ravishda yong‘inni o‘chirishga harakat qilishdi, ba\'zilar esa yaqinidagi mashinalarni olib chiqishga urindi.

Soat 12:22 da yong‘in haqida xabar tushdi. Qutqaruvchilar 6 daqiqa ichida yetib kelishdi va 4 daqiqa ichida yong‘inni o‘chirishdi. Hech kim jabrlanmadi. Damas deyarli to‘liq yonib ketdi, Cobalt esa zarar ko‘rdi. Hodisa sabablari o‘rganilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.