Lada avtomobillari O‘zbekistonga Qozog‘iston orqali etkazib beriladi

Lada avtomobillari O‘zbekistonga Qozog‘iston orqali etkazib beriladi
Lada avtomobillari O‘zbekistonga Qozog‘iston orqali etkazib beriladi

Rossiya avtomobil sanoatidagi yangi Lada Vesta va Lada Xray modellari Markaziy Osiyo mamlakatlariga eksport qilinishi mumkin. Mashinalar O‘zbekiston, Tojikiston va mintaqaning bir qator boshqa davlatlariga Qozog‘istondagi «Aziya-Avto» korxonasi orqali etkazib berilishi ko‘zda tutilgan, deyiladi Kun.uz sayti xabarida.

«Kolesa.ru» portalining xabar berishicha, avtomobillar Ust-Kamenogorskda joylashgan «Aziya-Avto» zavodida yig‘ilmoqda.

Qozog‘iston korxonasi vakillarining so‘zlariga ko‘ra, Lada avtomobillarini 2017 yilda 10 ming nusxada chiqarish rejalashtirilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Tojikistonga «AvtoVAZ»dan tashqari Ravon brendi ham etkazib berilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Rustam Azimov boshchiligidagi katta hukumat delegasiyasi Tojikiston poytaxti Dushanbe shahriga 26 dekabr kuni tashrif buyuradi. Ushbu tashrif chog‘ida bu masala yuzasidan ham aniqlik kiritilishi ehtimolga yaqin.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.