Yangi Cobalt modeli Onix’dan qimmat bo‘ldi

Yangi Cobalt modeli Onix’dan qimmat bo‘ldi
UzAuto Motors 3-noyabrdan boshlab yangi Chevrolet Cobalt modellari sotuvi boshlanishini ma’lum qildi. Yangi model ikki xil komplektatsiyada taqdim etiladi: Style MCM — 156 100 000 so‘m, Midnight MCM — 165 200 000 so‘m.
Shu bilan birga, mavjud Cobalt modellarining narxi o‘zgarishsiz qolmoqda: Style AT Plus — 147 916 000 so‘m, Midnight AT — 155 231 000 so‘m.
Qiziq jihati shundaki, yangi Cobalt Midnight MCM narxi 161,9 mln so‘mlik Onix’ning oddiy modelidan ham qimmatroq bo‘ldi. Bu holat ikki modelni tanlashda iste’molchilarni jiddiy o‘ylantirishi mumkin.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.